Savollar va javoblar

O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan va quyidagi faoliyat yo‘nalishlaridan birini amalga oshiruvchi har qanday yuridik shaxs Innovatsiya markazi rezidenti bo‘la oladi:

- UIFT: 58.2 “Dasturiy ta'minot chiqarish”;

- UIFT: 62.0 “Kompyuter dasturlash, konsultatsiyalar va boshqa yondosh xizmatlar”;

- UIFT: 63.1 “Ma'lumotlarni joylashtirish va qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar, Web-portallar”.

O‘zbekiston Respublikasida kompaniya (yuridik shaxs)ni ochish uchun quyidagi hujjatlarni tayyorlash lozim:

- Ariza;

  • Davlat tilida ta'sis hujjatlari (ta'sis shartnomasi, ustav);
  • Davlat boji to‘lovi (bevosita to‘lashda 1 MIHM, Internet tarmog‘i orqali to‘langanda – MIHM 50%i);

Hujjatlar Internet tarmog‘i orqali www.my.gov.uz manziliga yoki yuridik shaxs pochta manzili joylashgan hududdagi Davlat xizmatlari markaziga taqdim etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxs Innovatsiya markazi rezidenti bo‘lishi mumkin. Chet el kompaniyasi Innovatsiya markazi rezidentligi maqomiga da'vo qilishi uchun O‘zbekiston Respublikasida yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozim.

Yo‘q, bo‘la olmaydi, chunki xususiy tadbirkor – bu tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmay amalga oshirayotgan jismoniy shas sanaladi. Innovatsiya markazi rezidentlari faqat yuridik shaxslar bo‘lishi mumkin.

Ha, bo‘la oladi. O‘zbekiston hududi doirasida, qaerda davlat ro‘yxatidan o‘tganligidan qat'iy nazar, yuridik shaxslar rezident maqomiga da'vo qila oladilar.

Innovatsiya markazi rezidenti maqomini olish uchun yuridik shaxs Innovatsiya markazi direksiyasiga (bevosita tashrif buyurib, pochta aloqasi orqali yoki Markaz rasmiy veb-saytidagi “Qanday qo‘shilish mumkin” bo‘limida) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

Ariza;

Biznes-reja;

Ustav yoki boshqa ta'sis hujjati nusxasi;

Davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi.

Innovatsiya markazi direksiyasi Muvofiqlashtiruvchi kengashga yuridik shaxs taqdim etgan hujjatlarni Innovatsiya markazi rezidenti maqomini taqdim etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun kiritadi, shundan keyin Muvofiqlashtiruvchi kengash, taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, yuridik shaxsni Innovatsiya markazi rezidenti sifatida ro‘yxatga olish yoki ro‘yxatga olishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Markaz direksiyasi yuridik shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ular taqdim etilganidan keyin yetti ish kunida ko‘rib chiqadi.

Zarur bo‘lganda, Direksiya yuridik shaxs tomonidan taqdim etilgan biznes-rejaning qo‘shimcha ilmiy-texnik ekspertizasini tayinlashi mumkin. Bunday holatda ko‘rib chiqish muddati ekspertiza o‘tkazilish muddatiga, lekin ikki haftadan oshmaydigan muddatga uzaytirilishi mumkin.

Muvofiqlashtiruvchi kengash yuridik shaxslarni ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun oyda bir marta yig‘ilish o‘tkazadi va barcha takliflarni ko‘rib chiqadi.

 

Ha, mavjud. Asoslar quyidagilardir: 

- hujjatlarda shubhali yoki buzib ko‘rsatilgan ma'lumotlarning mavjudligi;

- ma'nan eskirgan, istiqbolsiz yoki arzimas yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish, bu ilmiy-texnik ekspertiza bilan tasdiqlanadi;

- yuridik shaxs yoki unga bog‘liq shaxslarning Innovatsiya markazi oldida Innovatsiya markazi rezidenti faoliyati shartlari to‘g‘risidagi oldingi shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarining bajarilmaganligi.

Ha, mumkin.  Innovatsiya markazi rezidenti sifatida ro‘yxatga olish rad etilgani uchun asos bo‘lgan sabablar yuridik shaxs tomonidan bartaraf etilganidan keyin, ariza va boshqa hujjatlarni takroriy ko‘rib chiqish birinchi bor ariza topshirilgandagi tartibda amalga oshiriladi.

 

Bunday holatda, yuridik shaxs o‘z faoliyatini faqat 2017 y. 30 iyundagi PF-5099ga muvofiq Innovatsiya markazi rezidentlariga ruxsat berilgan faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha yurtishi to‘g‘risidagi majburiyatni zimmasiga olishi haqida kafolat xati taqdim etadi.

 

Yo‘q. Rezidentlar qulayligi uchun Markaz eks’hududiylik tamoyili bo‘yicha ishlaydi, unga ko‘ra, Innovatsiya markazi rezidentlari O‘zbekistonning istalgan nuqtasida ro‘yxatdan o‘tishlari, joylashishlari va ishlashlari mumkin bo‘ladi.

Ha, 10 kun ichida rezidentlar Innovatsiya markazi direksiyasini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasini taqdim etish va yozma bildirishnoma yo‘llash orqali xabardor qilishlari lozim.

Ha, 10 kun ichida rezidentlar Innovatsiya markazi direksiyasini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasini taqdim etib va yozma bildirishnoma yo‘llab xabardor qilishlari lozim.

 

Ha, 10 kun ichida rezidentlar Innovatsiya markazi direksiyasini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasini taqdim etib va yozma bildirishnoma yo‘llab xabardor qilishlari lozim.

Ha, 10 kun ichida rezidentlar Innovatsiya markazi direksiyasini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasini taqdim etib va yozma bildirishnoma yo‘llab xabardor qilishlari lozim.

 

Ha, 10 kun ichida rezidentlar Innovatsiya markazi direksiyasini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasini taqdim etib va yozma bildirishnoma yo‘llab xabardor qilishlari lozim.

Yo‘q, amaldagi qonunchilikka muvofiq, rezidentlik maqomini vaqtincha to‘xtatib turish ko‘zda tutilmagan.

Ha mumkin. Dasturiy ta'minotni modifikatsiyalash UIFT 62.01ga kiradi va rezidentlik sharti buzilishi sanalmaydi.

Mumkin emas, chunki jihozlar sotish ruxsat berilgan faoliyat turiga kirmaydi. Innovatsiya markazi rezidenti dasturiy ta'minot sotishi mumkin, lekin unga jihozlarni sotishsiz.

Ha, mumkin. Innovatsiya markazi rezidenti moliyaviy operatsiyalardan daromad ko‘rishi mumkin, lekin ulardan soliq to‘laydi.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va yondosh huquqlar” to‘g‘risidagi qonuniga ko‘ra, “mukofot” deganda asarni yaratish va undan foydalanish huquqi uchun to‘lov tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga ko‘ra, “royalti” deganda faqat asardan foydalanish (uni ishlatish) huquqi uchun to‘lovlargina tushuniladi. Shu sababli, agar kompaniyangizga dasturiy ta'minot ishlab chiqishga buyurtma tushsa, “mukofot” iborasini, kompaniyangiz dasturiy ta'minotni foydalanish (ishlatish)ga berayotgan bo‘lsa, “royalti” iborasini qo‘llagan ma'qul.

 

Yo‘q, qoidabuzarlik sanalmaydi. Rezidentlar bir vaqtning o‘zida istalgan ruxsat berilgan faoliyat turi bilan shug‘ullanishlari mumkin.

Ha, agar ko‘rsatilgan daromadlar summasi yalpi olinganda tovarlar (ish, xizmatlar) sotishdan tushadigan daromad umumiy summasidan ko‘p bo‘lsa, qo‘llaniladi. Ushbu faoliyat turi UIFT 58.290 ga kiradi.

 

Ha, qo‘llaniladi. Bu faoliyat turi UIFT 63.1 ga kiradi.

Agar quyidagilar amalga oshiriladigan bo‘lsa, qo‘llaniladi:

  1. ma'lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha faoliyatga quyidagilar kiradi:

mijozdan olingan ma'lumotlarni to‘liq qayta ishlash

mijozdan olingan ma'lumotlar asosida ixtisoslashgan hisobotlar tuzish

  1. ma'lumotlar kiritish uchun xizmatlar taklif etish.

Bunda har bir holatda Innovatsiya markazi mutaxassislari bilan alohida maslahatlashish lozimligini qayd etish o‘rinli.

Ha, agar sotish bevosita dasturiy ta'minot darajasida (qattiq komponentsiz) amalga oshirilsa, qo‘llaniladi. Bu faoliyat turi UIFT 62.010ga kiradi.

Ha, qo‘llaniladi. Bu faoliyat turi UIFT 63.1 ga kiradi. Bunda daromad onlayn-bronlash ro‘y beradigan maydon joylashgan web-portalni foydalanishga topshirishdan olinishi lozim. Ya'ni rezident texnik ko‘maklashish va maydonni qo‘llab-quvvatlashdan daromad olishi va tovarlar, xizmatlarni uchinchi shaxslarga sotish bilan shug‘ullanmasligi lozim.

Innovatsiya markazi rezidentlari 2028 yil 1 yanvargacha quyidagilardan ozod etilgan:

- barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli fondlariga majburiy ajrtamalar, shuningdek yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lash;

- o‘z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan jihozlar, butlovchi qismlar, detallar, bog‘lamalar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta'minot uchun, belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha, bojxona to‘lovlarini to‘lash (bojxona yig‘imlaridan tashqari).

Reestrga kiritilgan sanadan keyingi oydan boshlab har oy rezident sof tushumdan 1% (bir foiz) miqdoridagi stavka bo‘yicha ajratmalar hisoblaydi.

Masalan: Agar yuridik shaxs rezidentlar reestriga j.y. 30 aprelida kiritilgan bo‘lsa, oylik ajratmalar keyingi oydan (ya'ni may yakuni bo‘yicha) j.y. 25 iyunga qadar muddatda o‘tkaziladi.

Yo‘q, Direksiya depozit hisobiga oylik ajratmalar soliq yoki bojxona imtiyozlari qo‘llanilishi yoki qo‘llanilmasligiga bog‘liq emas. Rezidentlar Innovatsiya markazi Direksiyasi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq Direksiya depozit hisobiga oylik ajratmalarni o‘tkazadilar. Ajratmalar to‘lanmasligi penya undirish va Innovatsiya markazi rezidentlari safidan chiqarilishga olib keladi.

PF-5099ga muvofiq, ishchilar tomonidan Innovatsiya markazi rezidentlari bilan mehnat shartnomalari bo‘yicha olingan barcha turdagi ish haqlariga qayd etilgan stavka – 7,5%lik  JShDS, byudjetdan tashqari pensiya fondiga fuqarolar sug‘urta badallari esa – 4,5% stavkada joriy etiladi. Bu daromadlar soliqqa tortish maqsadlarida aniqlanadigan ishchining yalpi yillik daromadi hajmiga kiritilmaydi.

Ishchilarda boshqa turdagi – moddiy foyda va boshqa ko‘rinishdagi mulkiy daromad ham bo‘lishi mumkin (Soliq Kodeksi 176, 177, 178-moddalari). Shu sababli rezident ishchilar daromadlarini alohida hisobini yuritishi lozim.

To‘lov ko‘rinishdagi daromadlarga soliq imtiyozlari rezidentning mehnat shartnomasi tuzilgan barcha ishchilariga nisbatan qo‘llaniladi.

Ishchilar daromadlaridan 7,5% stavkadagi JShDS olinayotganda, 1 EKIHM chiqarib tashlanmay, ish haqi ko‘rinishidagi barcha daromad hisobga olinadi.

JShDS va sug‘urta badallari bo‘yicha imtiyozli stavkalar yuridik shaxs Innovatsiya markazi reestriga kiritilganidan keyingi oy 1- sanasidan boshlab qo‘llaniladi.

Masalan: yuridik shaxs Innovatsiya markazi rezidentlari reestriga 2017 y. 24 noyabrda kiritilgan bo‘lsa, soliq imtiyozlaridan rezident 2017 yil 1 dekabrdan boshlab foydalanishi mumkin. Bunga qadar ishchilarning ish haqi to‘lovi ko‘rinishidag daromadlari belgilangan tartibdagi JShDS (jumladan ShJPH) va sug‘urta badallarga tortiladi.

Innovatsiya markazi rezidenti u yoki bu ishlarni bajarish uchun jismoniy shaxslar bilan fuqarolik-huquqiy shartnomalar (FHSh) tuzish huquqiga ega (SK 172- m.) Bunday holatda jismoniy shaxslar daromadlari JShDS va sug‘urta badallari bilan umumbelgilangan tartibda, pasaytirilgan stavka qo‘llanilmagan holda soliqqa tortiladi.

Ha, joriy etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5099 farmonida YaIT to‘lashdan butkul ozod etish ko‘zda tutilgan. Shu sababli Innovatsiya markazi rezidentining ham mehnat shartnomalari asosida, ham fuqarolik-huquqiy xarakterdagi shartnomalar bo‘yicha ishlayotgan ishchilari oladigan mehnat to‘lovlari ko‘rinishidagi daromadlar YaITga tortilmaydi.

Innovatsiya markazi rezidentlari faqat ruxsat berilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lganliklari bois, soliq imtiyozlari  faqat ruxsat berilgan faoliyat turlari (58.2., 62.0., 63.1. guruhlariga kiruvchi UIFT kodlari) bo‘yicha qo‘llanilishi mumkin.

Ruxsat berilgan faoliyat turlaridan olingan daromadlardan tashqari, Innovatsiya markazi rezidentlari moliyaviy amaliyotlar va ko‘chmas mulkdan ham daromad olish huquqiga egalar. Bunda ushbu daromadlarga imtiyozlar qo‘llanilmaydi. Ular umumqabul qilingan tartibda soliq va boshqa majburiy to‘lovlarga tortiladi.

Moliyaviy amaliyotlar va ko‘chmas mulkdan daromadlarga quyidagilar kirishi mumkin:

- balans valyuta moddalarini qayta baholashdagi ijobiy kurs farqi;

- dividendlar va foizlar;

- royalti;

- ko‘chmas mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar;

- moliyaviy amaliyotlar va ko‘chmas mulk bilan bog‘liq boshqa daromadlar.

Innovatsiya markazi rezidentlari o‘z faoliyati davomida yana boshqa daromadlarga, masalan, beg‘araz topshirilgan mulkiy huquqlar, mulk chiqarilishi, majburiyatlar hisobdan chiqarilishi va boshqalarga ega bo‘lishi mumkin.

SK 132- moddasida ko‘rsatilgan istalgan boshqa daromadlar olinganda, ular soliqqa tortilishi zarur bo‘ladi.

Moliyaviy amaliyotlar va ko‘chmas mulkdan daromadlarga quyidagilar kiradi:

- balans valyuta moddalarini qayta baholashdagi ijobiy kurs farqi;

- dividendlar va foizlar;

- royalti;    

- ko‘chmas mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar;

- moliyaviy amaliyotlar va ko‘chmas mulk bilan bog‘liq boshqa daromadlar.

Innovatsiya markazi rezidentlari o‘z faoliyati davomida yana boshqa daromadlarga, masalan, beg‘araz topshirilgan mulkiy huquqlar, mulk chiqarilishi, majburiyatlar hisobdan chiqarilishi va boshqalarga ega bo‘lishi mumkin.

SK 132- moddasida ko‘rsatilgan istalgan boshqa daromadlar olinganda, ular soliqqa tortilishi zarur bo‘ladi.

Innovatsiya markazi rezidentlariga taqdim etilgan imtiyozlar quyidagilarga qo‘llaniladi:

- soliqlar va majburiy ajratmalar bo‘yicha – yuridik shaxs Reestrga kiritilgan oydan keyingi oyning 1- sanasidan boshlab;

- bojxona to‘lovlari bo‘yicha – yur.shaxsning Reestrga kiritilgan kunidan boshlab.

Masalan: yuridik shaxs Innovatsiya markazi rezidentlari reestriga 2017 yil 24 noyabrda kiritilgan bo‘lsa, soliq imtiyozlaridan rezident 2017 yil 1 dekabrdan boshlab foydalanishi mumkin.

Yo‘q, bunga ehtiyoj yo‘q. Innovatsiya markazi Direksiyasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasiga, yuridik shaxsga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga uning Innovatsiya markazi rezidenti sifatida ro‘yxatga olingani haqida rasmiy bildirishnoma yuboradi.

Innovatsiya markazi rezidenti imtiyozlar huquqini beruvchi hujjatlarni soliq idorasi so‘roviga ko‘ra taqdim etishi lozim bo‘ladi (SK 32-m.).

Innovatsiya markazi reestriga kiritilgan yuridik shaxslar Innovatsiya markazi Direksiyasi hisobiga quyidagi faoliyat turlaridan birini amalga oshirish bo‘yicha olingan sof tushumning 1%i miqdorida ajratma hisoblaydilar (58.2., 63.1. va 62.0 guruhlariga kiruvchi UIFT kodlari).

Yo‘q. Ruxsat berilmagan boshqa turdagi faoliyat (masalan, tovarlar savdosi) bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxs ushbu tur faoliyat bilan Innovatsiya markazi rezidenti bo‘lgach shug‘ullana olmaydi. Innovatsiya markazi rezidenti maqomini olganidan keyin yuridik shaxs boshqa faoliyatni amalga oshirishni to‘xtatadi.

Innovatsiya markazi rezidenti tomonidan Innovatsiya markazi rezidentlari faoliyatiga qo‘yiladigan shart va talablarga rioya etilmaganida, Muvofqlashtiruvchi kengash qaroriga ko‘ra, tashkilot bu maqomdan mahrum etilishi mumkin.

 

Sof tushum – bu tovarlar (mehnat, xizmatlar) narxida hisobga olinadigan qo‘shimcha qiymat solig‘i, aksiz solig‘i va benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz iste'moli solig‘i summasi qo‘shilmagan holdagi tovarlar (mehnat, xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushum.

Bu asosiy faoliyatdan daromadlar hajmga bog‘liq. Masalan, rezident boshqa shaxsga kompyuter dasturiy ta'minotidan foydalanish huquqini berdi va bundan daromad (royalti) oladi, deylik. Agar royaltidan olinadigan daromad summasi asosiy faoliyatdan olinadigan daromad umumiy summasidan ortsa, bu faoliyat turi UIFT 58.2 ga kiradi va tegishlicha, unga nisbatan imtiyoz qo‘llaniladi.

Ish haqi chet el valyutasida qayd etilishi mumkin, lekin milliy valyutada to‘lanadi. Agar to‘lov va hisoblash sanalari orasida kurs farqi ro‘y bersa, kelgusida daromad solig‘i qayta hisoblanishi amalga oshiriladi.

Soliqlarni va boshqa majjburiy to‘lovlarni to‘lash milliy valyutada, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda chet el valyutasida amalga oshiriladi. Agar ish haqi chet el valyutasida hisoblansa, soliqqa tortish maqsadlarida u ish haqi to‘lanishi sanasiga so‘mga o‘giriladi.

Jismoniy shaxsning chet el valyutasida ifodalangan daromadlari amalda daromad olingan sanada qayd etilgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha milliy valyutaga qayta hisoblanadi. (O‘zR SK 170-m.)

Agar chet el valyutasida mehnat haqini to‘lash ko‘zda tutilgan bo‘lsa-yu, ish haqini to‘lash so‘mda amalga oshirilsa, ShJPHni hisoblash ish haqi amalda to‘langan sanadagi MB kursi bo‘yicha amalga oshiriladi (O‘zR SK 170-m.).  ShJPHni hisoblashda tafovutlar aniqlanganda buxgalteriya hisobiga to‘g‘rilashlar kiritish va zarur hollarda byudjetga qo‘shimcha soliq to‘lash kerak bladi. Korxonaning to‘lagan soliqning ortiqcha qismi kelgusi to‘lovlar hisobiga o‘tkaziladi.

Yo‘q. Soliq imtiyozlari dividendlar olishga qo‘llanilmaydi. Innovatsiya markazi rezidentlari va ularning ishchilari dividendlar olish huquqiga egalar, lekin qonunchilikka muvofiq soliq to‘laydilar.

Yo‘q, qoidabuzarlik sanalmaydi. Innovatsiya markazi rezidentlari dividendlar olish huquqiga egalar, lekin qonunchilikka muvofiq soliq to‘laydilar.

Soliqlar to‘lanishi sharti bilan, dividendlardan daromadlarning ortiq bo‘lishi Innnovatsiya markazi rezidentligi shartlari buzilishi sanalmaydi.

O‘zR norezidentlarini soliqqa tortish qonunchilikda belgilangandek tartibda amalga oshiriladi, ya'ni Innovatsiya markazi rezidentlarida ular bo‘yicha alohida imtiyozlar yo‘q.

O‘zR norezidentlarini soliqqa tortish qonunchilikda belgilangandek tartibda amalga oshiriladi, ya'ni Innovatsiya markazi rezidentlarida ular bo‘yicha alohida imtiyozlar yo‘q.

Moliyaviy amaliyotlar va ko‘chmas mulkdan daromadlarga quyidagilarni kiritish mumkin: balans valyuta moddalarini qayta baholashdagi ijobiy kurs farqi, dividendlar va foizlar, ko‘chmas mulkni ijaraga berish, moliyaviy amaliyotlar va ko‘chmas mulk bilan bog‘liq boshqa daromadlar.

Innovatsiya markazi rezidentlari o‘z faoliyati davomida, shuningdek, boshqa daromadlarga ham ega bo‘lishlari mumkin, masalan, beg‘araz mulkiy huquqqa ega bo‘lishdan, majburiyatlar hisobdan chiqarilishidan va boshqalar.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi 132- moddasida ko‘rsatilgan har qanday boshqa turdagi daromadlar olinganda, ular soliqqa tortiladi.

PF-5428ga muvofiq, Innovatsiya markazi rezidenti tovarlar (ish, xizmatlar) eksportidan tushumlar chegarasida chet ellik mutaxassislarga chet el valyutasida naqdsiz shaklda, xorijiy banklarda ochilgan xalqaro to‘lov kartalariga ish haqi to‘lovini o‘tkazishi mumkin. Binobarin, JShDS va ShJPH ham jismoniy shaxslar amalda daromadni olgan sanada belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha milliy valyutada  qayta hisoblanadi. Dividendlarga kelsak, hisobotlarda dividendlar so‘mda ko‘rsatiladi, shunda ularning chet el valyutasiga o‘tkazilishi faqat to‘lov kunida amalga oshirilishi mumkin, zero manbadan ushlab qolinadigan dividendlarga soliq ham amalda to‘langan kun bo‘yicha hisoblanadi.

Shu munosabat bilan Innovatsiya markazi rezidenti norezidentga tegishli bo‘lgan dividendni so‘mda hisoblashi, chet el valyutasiga o‘tkazilishi esa to‘lov kuniga belgilangan Markaziy bank kursi bo‘yicha amalga oshirilishi lozim.

To‘lov ko‘rinishidagi daromadlarga soliq imtiyozlari rezidentning mehnat shartnomasi tuzilgan barcha ishchilariga qo‘llaniladi.

Ishchilar daromadlari qayd etilgan 7,5%lik JShDSga tortilayotganda ish haqi ko‘rinishidagi daromadning barcha summasi, 1 EKIH chiqarib tashlanmay hisoblanadi.

 

Soliq va majburiy ajratmalar bo‘yicha hisobotlarni to‘ldirish va taqdim etish tartibi barcha soliq to‘lovchilar uchun bir xil. Innovatsiya markazi rezidentlari hisobotlarni to‘ldirishda hisob-kitoblarda 30.06.2017 y.dagi PF-5099ga havolani va imtiyozli asosda soliqqa tortiladigan daromadlar/xarajatlar summasini ko‘rsatishlari lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.06.2017 y.jagi PF-5099-sonli Farmoni 5- bandiga muvofiq, rezidentlar 2028 yil 1 yanvarga qadar o‘z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan jihozlar, butlovchi qismlar, detallar, bog‘lamalar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta'minot uchun, belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha, bojxona to‘lovlarini to‘lash (bojxona yig‘imlaridan tashqari)dan ozod etilganlar;

Bojxona imtiyozlarini olish uchun Innovatsiya markazi rezidentlari Direksiyaga ularni ro'yxatga kiritish uchun takliflarini chorak yakunidagi oyning birinchi sanasidan kechiktirmay kiritadilar. Rezident taklifida O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan jihozlar, butlovchi qismlar, detallar, bog‘lamalar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta'minot to‘liq nomi, uning miqdori va zaruriyatining qisqacha izohi, shuningdek O‘zR TIF TN kodi (2017 talqin) keltirilishi lozim.

Direksiyaga o‘z ehtiyojlari uchun olib kirish ro'yxatiga kiritish uchun o‘z taklifini berish zarur.

Ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan chorakda bir marta tayyorlanadi.

Yo‘q, shart emas.

O‘zR Bojxona kodeksi 13- moddasiga muvofiq, bojxona chegarasi orqali harakatlangan har qanday mulk tovar sanaladi.

Bojxona hududiga tovarlar va (yoki) transport vositalarini olib kirish shartlari bojxona chegarasini amalda kesib o‘tish va tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan to ular bojxona organlari tomonidan chiqarib yuborilguniga qadar kelgusi barcha amallarni bajarish sanaladi.

Internetdan dasturiy ta'minotni yuklab olish uning bojxona chegarasidan jismoniy o‘tishi sanalmaydi, binobarin, rezident unga deklaratsiya to‘ldirish va bojxona boji to‘lashga majbur emas.

Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi xulosasini ko‘ring.

Yuridik shaxs hisob siyosati va dasturiy ta'minot qiymatidan kelib chiqib, rezident nomoddiy aktiv sifatida balansga qabul qilishi (BHMT №7) yoki kompaniya xarajatlariga hisoblashi mumkin. Buning uchun asos imzolangan shartnoma va uning Tashqi savdo amaliyotlari yagona elektron axborot tizimi (TSAYaEAT)da ro‘yxatdan o‘tkazilgani, invoys, to‘lov topshiriqnomasi va bajarilgan ishlar dalolatnomasi sanaladi.

Rezident mustaqil ravishda, lekin bojxona to‘lovlarini to‘lagan holda dasturiy ta'minot import qilishi mumkin (dasturiy ta'minotni internetdan yuklab olish bundan mustasno). Agar dasturi ta'minot tashuvchi (fleshka, disk va sh.k.)da import qilinsa, rezident, imtiyozlarga ega bo‘lish uchun, Innovatsiya markazi Direksiyasiga import qilinadigan dasturiy ta'minot ro‘yxatiga kiritish uchun murojaat qilishi lozim.

Yo‘q, mumkin emas. Imtiyozlar qo‘llanilgan holda olib kirilgan jihozlar, butlovchi qismlar, detallar, bog‘lamalar, texnologik hujjatlar va dasturiy ta'minotlarni 5 yil ichida sotib yuborilgani fakti anilansa, bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar summasi belgilangan tartibda, penya qo‘shib hisoblangan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga undiriladi.

Auditorlik tekshiruvi – auditorlik tashkilotlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub'ektning moliyaviy hisobotlarini va unga bog‘liq moliyaviy axborotlarini moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotning ishonchli ekani va  buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiqligini tekshirishdir.

Auditorlik xulosasi – yozma ravishda auditorlik tashkilotining, foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan, xo‘jalik yurituvchi sub'ektning moliyaviy hisoboti ishonchliligi va buxgalteriya hisobini yuritish tartibi qonunchilikning belgilangan talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi fikri sanaladi.

Auditorlik xulosasi auditorlik hisoboti asosida tuziladi.

Innovatsiya markazi rezidentlari tomonidan auditorlik xulosalari oldingi hisobot yili uchun 1 iyulga qadar taqdim etiladi.

Masalan, 2017 yil uchun hisobot 2018 yil 1 iyulga qadar taqdim etiladi.

Standart auditorlik xulosasida, shuningdek, olingan tushum va amalda bajarilgan faoliyatning ruxsat berilgan faoliyat turlariga muvofiqligi haqida axborot ham ko‘rsatilishi lozim. 

Olingan tushum va amala bajarilgan faoliyat muvofiqligi to‘g‘risidagi qo‘shimcha xulosa namunaviy shakli:

Auditorlik tekshiruvi yakunlariga ko‘ra xabar beramizki, _________ dan __________ gacha bo‘lgan (yuridik shaxs Innovatsiya markazi reestriga kiritilgan oydan keyingi oy 1-sanasidan boshlanuvchi muddat ko‘rsatiladi) davrda sof tushum _____________   (summa – yozuvda) so‘mni tashkil etdi.

Innovatsiya markazi rezidenti _________ dan __________ gacha bo‘lgan (yuridik shaxs Innovatsiya markazi reestriga kiritilgan oydan keyingi oy 1-sanasidan boshlanuvchi muddat ko‘rsatiladi) davrda quyidagi faoliyatni amalga oshirdi:

O‘zbekiston Respublikasining butun hududi yoki O‘zbekiston Respublikasi tashqarisida (mavjud bo‘lsa, ko‘rsatiladi);

Faoliyat O‘zbekiston Respublikasi Umumdavlat iqtisodiy faoliyat tasnifiga ko‘ra faoliyat turlariga muvofiq faqat quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirildi:

- Kompyuter dasturlash, konsultatsiyalar va boshqa yondosh xizmatlar (UIFT 62.0);

- Ma'lumotlarni joylashtirish va qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar, Web-portallar (UIFT 63.1);

- Dasturiy ta'minot chiqarish (UIFT 58.2);

 

O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni 24- moddasiga muvofiq, yillik moliyaviy hisobot hisobot yili 1 yanvardan 31 dekabrgacha bo‘lgan kalendar yil sanaladi.

Yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun birinchi hisobot yili yuridik shaxs maqomi olingandan to o‘sha yilning 31 dekabrigacha bo‘lgan muddat sanaladi.

Agar yuridik shaxs 1 oktyabrdan keyin ro‘yxatdan o‘tsa, birinchi hisobot yili keyingi yilning 31 dekabrida yakunlanadi.

Shu tariqa, hisobot yilining 1 oktyabridan keyin tashkil etilgan Innovatsiya markazining rezident-kompaniyasi auditorlik xulosasini hisobot yilidan keyingi yil 1 iyuliga qadar topshiradi.

Nizomning 27- bandiga muvofiq, agar Innovatsiya markazi rezidenti muvofiq kelmaydigan faoliyat yuritgan bo‘lsa, taqdim etilgan imtiyozlar bekor qilinadi va ularni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetiga to‘lash majburiyati tiklanadi.

O‘z navbatida Direksiya 5 ish kunida davlat soliq xizmati, davlat bojxona xizmati idoralariga rasmiy bildirishnoma yo‘llaydi, shuningdek Muvofiqlashtiruvchi kengashga ushbu yuridik shaxsni Innovatsiya markazi rezidenti maqomidan mahrum etish to‘g‘risida taklif kiritadi.

Yo‘q. Rezident bir yarim yil uchun auditorlik xulosasini taqdim eta olmaydi, chunki yuridik shaxs moliyaviy hisoboti auditi moliyaviy yil, ya'ni hisobot yilining 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar amalga oshiriladi.

Auditorlik xulosasini pochta aloqasi orqali, Innovatsiya markazi elektron pochtasiga – info@muic.uz yoki bevosita tashrfi buyurib ilova xati bilan taqdim etish mumkin.

Auditorlik xulosasi Innovatsiya markazi Direksiyasiga yuboriladi.

Auditor auditorlik xulosasini O‘zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyati milliy standarti – “Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to‘g‘risidagi auditorlik xulosasi” (MHMT № 70) va “Maxsus masalalarni tekshirish natijalari bo‘yicha auditor hisoboti” (MHMT № 80) asosida taqdim etadi.

Moliyaviy-xo‘jalik faoliyati auditiga iqtisodiy sub'ektlar buxgalteriya va moliyaviy hisobotlarining ishonchliligini va ular amalga oshirgan moliyaviy-xo‘jalik amaliyotlarining normativ hujjatlarga muvofiqligini belgilash kiradi.

Ha, Innovatsiya markazi rezidentlari rezidentlar tomonidan moliyaviy-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmagan taqdirda ham hisobot yili uchun auditorlik xulosasini taqdim etishlari shart.

Ha, Innovatsiya markazi rezidentlari ular taqdim etilgan imtiyozlardan foydalanmagan bo‘lsa ham auditorlik xulosalari taqdim etishlari shart.

 

Ha, Innovatsiya markazi rezidentlari, ish/xizmatlar eksportidan tushumlar doirasida dividendlarni chet el valyutasida naqdsiz shaklda xalqaro to‘lov kartalariga o‘tkazishlari mumkin.

Innovatsiya markazi rezidenti O‘zR fuqarolari bo‘lgan ishchilarga ish haqini milliy valyutada (to‘lov kunida so‘mga qayta hisoblash orqali) to‘laydi, chet ellik mutaxassislarga esa chet el valyutasida, naqdsiz shaklda, xorijiy banklarda ochilgan xalqaro to‘lov kartalariga o‘tkazish orqali to‘laydi.

Ha, agar chet el valyutasidagi ish va xizmatlar eksporti Internet umumjahon axborot tarmog‘idagi onlayn do‘konlar orqali amalga oshirilsa.

Rezidentning eksport kontraktisiz Internet umumjahon axborot tarmog‘idagi onlayn do‘konlar orqali chet el valyutasiga ish va xizmatlar eksportidan olgan tushumining tasdig‘i rezidentning vakolatli bank nomiga xati sanaladi. Innovatsiya markazi rezidentlari tomonidan, jumladan o‘zi ishlab chiqargan tovarlar (ish, xizmatlar) eksportidan olinadigan chet el valyutasidagi tushum ularning vakolatli banklardagi hisoblariga majburiy tushirilishi kerak.

Ichki valyuta bozorida chet el valyutasini xarid qilish va sotish Innovatsiya markazi rezidentlari tomonidan vakolatli banklar orqali, qonunchilikda belgilangan tartibda so‘rovnoma va tegishli hujjatlarni taqdim etish orqali amalga oshiriladi.

Innovatsiya markazi rezidentlarining eksport va import kontraktlari monitoringi vakolatli banklar tomonidan Tashqi savdo amaliyotlari yagona elektron axborot tizimi orqali amalga oshiriladi, Internet umumjahon axborot tarmog‘idagi onlayn do‘konlar orqali ish va xizmatlarni chet el valyutasida eksporti bundan mustasno.

Innovatsiya markazi rezidenti bank xizmatini ko‘rsatish uchun vakolatli tijorat bankini o‘zi mustaqil tanlaydi va chet el valyutasidagi hisobni bir yoki bir necha O‘zbekiston Respublikasi vakolatli tijorat banklarida ochishi mumkin.

Innovatsiya markazi rezidenti chet eldagi tijorat banklarida hisobraqam ochish va chet el valyutasidagi mablag‘larini ularda saqlash hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ravishda ulardan mustaqil foydalanish huquqiga ega.

Import qilinayotan dasturiy ta'minot haqini to‘lash Innovatsiya markazi rezidentlariga xizmat ko‘rsatuvchi banklar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda import kontrakti TSAYaEAT tizimida ro‘yxatga olinishi zarur, Internet umumjahon axborot tarmog‘idagi onlayn do‘konlar orqali ish va xizmatlarni chet el valyutasida eksporti bundan mustasno.

Innovatsiya markazi rezidenti, tovarlar (ish, xizmatlar) eksportidan tushumlar diorasida yoki qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa hollarda (ustav fondiga badal yoki chet el valyutasida qarz olish, belgilangan tartibda chet el valyutasini xarid qilish va sh.k.) import qilinayotgan dasturiy ta'minot uchun hisob-kitoblarni chet el valyutasida amalga oshirishi mumkin.

Tijorat banklari chet el valyutasidagi o‘tkazmalar uchun komissiya, SVIFT uchun komissiya va sherik-bank komissiyasi (foizlar miqdori xizmat ko‘rsatuvchi bankka bog‘liq)ni undirishlari mumkin.