Yangiliklar

6 fevral kuni tashkil etilgan davra suhbatida kiberxavfsizlik masalalari muhokama etiladi

"Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha "Mirzo Ulugbek Innovation Center" innovatsiya markazi direktsiyasi" MChJ 2019 yilning 6 fevral kuni "Kiberxavfsizlik" mavzusida davra suhbati tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Davra suhbati doirasida mahalliy va xorijiy ekspertlarning taqdimotlari namoyish etiladi.
Shuningdek, tadbir davomida yaqinda tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi DUK bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzonalinishi ham rejalashtirilgan.

Davra suhbati "INTERNATIONAL HOTEL TASHKENT" mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi (Xrustal zal).

Manzil: Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 107 A, tadbir boshlanishi soat 9:00 da.

Tadbirda ishtirok etish va yoritish bo‘yicha barcha masalalar yuzasidan MUIM Matbuot xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin.

Bog‘lanish uchun: 998 99 8988505 (Nelli Karimova)