Yangiliklar

“Mirzo Ulugbek Innovation Center” yangi rezidentlarni ro‘yxatga oldi

Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” Innovatsiya markazining Muvofiqlashtiruvchi Kengashi yana 53 ta kompaniyaga Markazning rezidenti maqomini berdi.

 

Natijada bugungi kunga kelib «Mirzo Ulugbek Innovation Center» Innovatsiya markazi rezidentlarining soni 81 ta yuridik shaxsga yetdi.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi PF-5099-son “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoniga asosan Innovatsiya markazi rezidentlari 2028 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatga barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni, shuningdek yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lashdan ozod etilgan.

 

Jumladan, 7,5 foizli stavka bo‘yicha jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqqa tortiladi, 4,5 foizli stavka bo‘yicha – fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga kiritadigan sug‘urta badallariga tortiladi.

 

“Mirzo Ulugbek Innovation Center” Innovatsiya markazi direktori Xurshid Sultanov qayd etdi: “Innovatsiya markazi nomidan yangi rezidentlarni tabriklaymiz hamda ular bilan samarali hamkorlik qilishga umid qilamiz. “Mirzo Ulugbek Innovation Center” Innovatsiya markazi O‘zbekistondagi boshqa IT-kompaniyalarni ham bizning loyihada ishtirok etishga taklif qiladi”.

 

“Mirzo Ulugbek Innovation Center” Innovatsiya markazi yangi rezidentlarining ro‘yxati

 

«Unisoft» MChJ

«Allmedia Safe Service» MChJ

«Bondell Integrated Solutions» MChJ

«Martlet» MChJ

«Smartcard Solutions» MChJ

«Actual Inform Service» XT

«Alp Crypto» MChJ

«Sen-Soft» MChJ

«Soft Save Service» XT

«National Engineering Technologies» MChJ

«Soft Club» MChJ

«Nihol-Komtex» MChJ

«Creative Script» MChJ

«Apextech» XT

«Quick Study» MChJ

«Social Web Solutions» MChJ

«Mega Group Design» MChJ

«Sales Doctor Solutions» MChJ

«Valiant Original Komfort» MChJ

«Sirdaryo Soft» XT

«Геоинфоком» DUK

«Galaxy System» MChJ

«UNICODE» MChJ

«NAPA Team» MChJ

«Web Media Group» MChJ

«Real Solutions» MChJ

«PowerData System Solutions» MChJ

«Prorab Info» MChJ

«Start Soft» MChJ

«Pandasoft» XT

«Accelerated Business Consulting» MChJ

«Alp Jahon Himoya» MChJ

«Verve Intelligence Development» XT

 

«Nowmedia Technologies» MChJ

«Global Solutions» MChJ

«Furor Progress» XT

«Eskiz Media Group» MChJ

«LG CNS Uzbekistan» MChJ QK

«Smart Software» MChJ

«BePro Norma» MChJ

«Booster Growth Solution» XT

«Norma Hamkor» MChJ

 

«Norma Online» MChJ

«GIS info» MChJ

«MironSoft» QK

«ShadowBox» MChJ

«Smart Soft Development» MChJ

«Webspektr» XT

«FOM Group» MChJ

«Online Service Group» MChJ

«Modul Ware International» MChJ QK