Yangiliklar

MUIC va Koreya texnoparklari Uyushmasi hamkorlik toʻgʻrisida kelishuvni imzoladilar

Mirzo Ulugbek Innovation Center va Koreya texnoparklari Uyushmasi hamkorlik toʻgʻrisida kelishuvni imzoladilar. Hujjat mahalliy bozorda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ekotizimlar startapini rivojlantirish sohasida uzoq muddatli strategik hamkorlikni amalga oshirish boʻyicha taraflarning oʻzaro rejalarini aks ettiradi.

 

MUIC direktori Farxod Ibragimov va Koreya texnoparklari Uyushmasi Raisi Djeyxun Li ishtirokidagi rasmiy marosim 25 oktyabr kuni Tegu shahrida boʻlib oʻtdi.

Kelishuvni imzolanishi taraflarga joriy yilning iyul oyida Koreya Respublikasi texnoparklari Uyushmasi vakillarining Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida erishilgan qator shartlashuvlarni amalga oshirishga oʻtish imkonini beradi.

Xususan, gap Uyushmaning yetakchi ekspertlarini MUIC qoshidagi texnopark konsepsiyasini ishlab chiqish, Toshkentda uni qurish, shuningdek, texnoparkni boshqarish toʻgʻrisidagi Nizomni tayyorlashga jalb qilish haqida bormoqda. Koreyalik hamkorlarning texnologik tajribasi gʻoyalarni yuzaga keltiradigan, ularni ishlaydigan, tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlarga aylantiradigan maydoncha va Oʻzbekistonda startaplarni rivojlantirish uchun poydevor boʻladigan IT-infratuzilmasining universal obyektini yaratishga imkon beradi. Texnopark tuzilmasida tadqiqiy laboratoriyalar, R&D-markazlar, kovorkinglar hamda innovatsion ekotizimning boshqa tarkibiy qismlari boʻlishi nazarda tutilgan.

Imzolangan kelishuv shuningdek, MUICni masʼul xodimlarining Koreya texnoparklarida stajirovkadan oʻtishi, Oʻzbekiston Respublikasining “Texnoparklar toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonunosti hujjatlarini tayyorlashda koreyalik mutaxassislarning ekspertlik koʻmagi rejalarini ham qamrab olgan.

Marosim chogʻida MUIC direktori Farxod Ibragimov “Oʻzbekistonda IT-parklarni rivojlanish istiqbollari” maʼruzasi bilan chiqdi, shundan soʻng imzolangan kelishuvda bayon etilgan rejalarni amalga oshirish boʻyicha birgalikdagi ishlarni ancha batafsil muhokamasi boʻlib oʻtdi.

MUIC va Koreya Respublikasi texnoparklari Uyushmasi oʻrtasidagi hamkorlik ham tajriba almashuvini, ham qoʻshimcha resurslar safarbar etilishini jadallashtiradi. Jumladan MUIC va Gyonbuk texnoparki (Koreya Respublikasi texnoparklari Uyushmasining aʼzosi) endi birgalikda Knowledge Sharing Program (KSP) dasturida ishtirok etishga ariza topshirdilar, unga koʻra MUIC texnoparkini rivojlantirish boʻyicha har ikkala tarafning birgalikdagi faoliyatiga Koreya Respublikasining hukumati tomonidan qoʻshimcha moliyalashtirish ajratilishi nazarda tutiladi.

Kelishuvning imzolanish payti Koreya Respublikasi texnoparklari Uyushmasining 20 yilligini bayram qilinishiga muvofiq belgilangan.