Yangiliklar

MUIC Innovatsion markazi haqidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritilishi muhokama etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Vazirlar Mahkamasining ““Mirzo Ulugbek Innovation Center” axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Innovatsiya markazi haqidagi Nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasini muhokama etish tashabbusi bilan chiqdi. Hujjat O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portali (SOVAZ)da e’lon qilingan va joriy yilning 25 martiga qadar muhokama qilinadi.

 

Qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish uchun asos quyidagi omillar hisoblanadi:

 

- rezidentlardan kelib tushayotgan murojaatlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ularning aksariyati nazarda tutilgan faoliyat turlaridan tashqari, dasturiy ta’minotdagi reklama, elektron tijorat va hokazolar kabi faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi;

 

- iqtisodiyotning barcha sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish aholi kompyuter savodxonligi masalasini dolzarbligini ta’minlaydi;

 

- rezidentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va imtiyozlarni taqdim etish jarayonini murakkablashtiruvchi Innovatsiya markazi to‘g‘risidagi nizomda ba’zi farqlar mavjudligi.

 

Loyihada quyidagilar ko‘zda tutilgan:

 

- qo‘shimcha faoliyat turlarini kiritish – “Boshqa toifalarga kiritilmagan boshqa ta'lim turlari” – faqatgina kompyuter savodxonligini oshirish bo‘yicha yo‘nalishi bundan mustasno. Bu esa rezidentlar uchun o‘z xizmat doirasini kengaytirish va bunda ko‘zda tutilgan imtiyozlardan foydalanish imkonini beradi;

 

- ariza berishda yuridik shaxslar bilan o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha Innovatsiya markaziga vakolat berish. Endilikda, MUIC mutaxassislari hujjatlarda (masalan, biznes reja) kamchilik aniqlagan taqdirda, hujjatga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishni tavsiya etishlari mumkin. Mazkur o‘zgarish rezidentlar maqomidagi arizachilardan arizalarni ko‘rib chiqish jarayonini tartibga solish va tezlashtirish imkonini beradi;

 

- Innovatsiya markazi rezidenti reklama va elektron tijoratni kiritish orqali faoliyatning qo‘shimcha turlarini kengaytirish. Nizomning 23-bandida markaz rezidentlari moliyaviy operatsiyalar va ko‘chmas mulkdan daromad olish huquqiga ega ekanligi ko‘zda tutilgan. Rezidentlar va arizachilarning talablarini inobatga olgan holda, saytlardagi reklama va elektron tijorat Nizomning 6-bandida ko‘zda tutilgan amalga oshirishdagi asosiy birgalikdagi faoliyat turi hisoblanadi, loyihada dasturiy mahsulotlarda elektron tijorat va reklamalar imkoniyatlarini ko‘rib chiqish taklif etiladi. Bunda mazkur faoliyat turlaridan kelib tushadigan daromadlar o‘rnatilgan tartibda soliqqa tortiladi va boshqa majburiy to‘lovlar amalga oshiriladi.

 

MUIC Innovatsiya markazi IT-sohasi rivojlanishida manfaatdor bo‘lgan barcha rezident va shaxslarni muhokamada ishtirok etishga chorlaydi!