MUIC IT-hamjamiyatini tashkil qiladi

Mirzo Ulugbek Innovation Centre shahar va mamlakat bo‘yicha IT-ekotizimni rivojlantirish  bo‘yicha rezident-kompaniyalarning  markazda birlashtirib va  professional jamoani yaratish maqsadida yangi tashabbusni e’lon qiladi.

 

Ushbu tashabbus  rezident kompaniyalarda  MUIC hamkasblarining ish jarayonlari bilan tanishishlariga yordam beradigan bir qator norasmiy uchrashuvlarni tashkil etadi. Ular doimiy ravishda o‘tkaziladi.

 

Birinchi bo‘lib  mehmonlarni «Venkon» kompaniyasi qabul qiladi  . Uchrashuv 11 iyul chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

 

Tadbir dasturida:

 

10:00-12:00 - ofis bo‘ylab  ekskursiya, ishlab chiqarish bo‘linmalarining faoliyati (tezkor kiritish bo‘limi , loyihani amalga oshirish, rivojlantirish, axborot-texnologik qo‘llab-quvvatlash, tarqatish, raqamli marketing va o‘quv markazi) bilan tanishish;

 

12:00-13:00 - Davra suhbati va muhokamalar.

 

Rezidantlarni uchrashuvda qatnashishga taklif etamiz!

 

Buning uchun ro‘yxatga olish shaklini to‘ldirish lozim: https://goo.gl/forms/IolFykXMLTEkiMbA2.

 

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar: (+99899) 898-85-03 (MUIC); (+99897) 770-89-11 («Venkon»).

 

«Venkon» idorasi quyidagi manzilda joylashgan: Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko’chasi, 53B, "RIETER" biznes markazi, 6-qavat (mo’ljal: Askiya bozori).

  • Qo'shildi: 09.07.2018
  • Ko'rishlar: 832