Yangiliklar

ITWomenUz

Do'stlar!

Mirzo Ulug'bek innovatsion markazi ITWomenUz - iqtidorli ayollarga axborot texnologiyalari sohasida o'zlarini topishi va namoyon etishlariga imkon beradigan noyob ta'lim dasturining ishga tushirilishini e'lon qiladi.

Tadbir tashkilotchilari - O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti. Loyiha tashkilotchilari tomonidan tanlov ishtirokchilariga mobil ilovalar, veb-saytlar, dasturiy mahsulotlar, kompyuter (veb) dizaynini ishlab chiqish o'rgatidi. Shuningdek, murabbiylar orasida Mirzo Ulug'bek Innovatsion Markazi rezidentlari - IT kompaniyalari mutaxassislari - SilentNotary, Venkon Group, Robotics Lab Future Technology Company, BePro IT Academy ishtirokchi qizlar bilan o’z bilim va tajribalarini baham ko’rishadi.

Dasturning birinchi bosqichi 160 dan ziyod ishtirokchilar uchun bo’lib, 19-24 avgust kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va Inha universitetida o’tkaziladi.

O'quv seminarlari yo'nalishlari:

1. Mobil ilovalar ishlab chiqish

2. Veb-sayt yaratish

3. Kompyuter dizayni

4. Dasturiy ta'minotni ishlab chiqish

ITWomenUz o'quv dasturining natijalariga ko'ra eng yaxshi natijani ko'rsatgan 32 nafar ishtirokchi sertifikat va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar.

Ishtirokchilarga muvaffaqiyat tilaymiz!