Yangiliklar

Innovatsiya markazi va «Alfa Garant» XK o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi

Joriy yilning 5 mart kuni Innovatsiya markazi va «Alfa Garant» XK o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi va unda hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.
Asosiy maqsad Innovatsiya markazi va «Alfa Garant» kompaniyasining marketing tadqiqotlari, biznes va strategik rejalashtirish, biznes treninglar o‘tkazishga ko‘maklashish va boshqa dolzarb xizmatlarni ko‘rsatishda rezidentlarga yordam berishga qaratilgan imkoniyatlarini birlashtirishdan iborat.
Bugungi kunda «Alfa Garant» kompaniyasi mutaxassislari muvaffaqiyatli biznesni rivojlantirishda rezident kompaniyalar imkoniyatlarini oshirish maqsadida ularga o‘z maslahatlarini berishga tayyor.
Uchrashuv natijasida samarali hamkorlikning boshlanishiga xizmat qiluvchi o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.