Yangiliklar

«Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsion markazi direktsiyasi va RB Technologies o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi

Joriy yilning 22 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huziridagi «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsion markazi direktsiyasi (keyingi o‘rinlarda innovatsion markaz) va RB Technologies xalqaro kompaniyasi uchrashuv o‘tkazdi va unda hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.
Tashkilotlar rahbariyati ishtirokidagi uchrashuvda banklarda axborot texnologiyalari sohasida yanada takomillashtirish maqsadida kuchlarni birlashtirish bo‘yicha kontseptual masalalar va aniq chora-tadbirlar muhokoma etildi.
Xususan, tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikning bir-biriga aloqador masalalari muhokama etildi. Va albatta tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikdagi masalalar talaygina. Bu avvalo, yangi texnalogiyalardan foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasining axborot texnologiyalari sohasidagi birgalikdagi loyihalarini ishlab chiqish va ularda ishtirok etishdan iborat.
Rezidentlar bilan hamkorlik, RB technologies mutaxassislari tomonidan zamonaviy yechimlarning tanishuv taqdimotlarini o‘tkazishda ishtirok etish uchun xalqaro vendorlarni jalb qilishga ko‘maklashishni o‘z ichiga olgan erishilgan kelishuvni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ham muhokama etildi.
Uchrashuv natijalari bo‘yicha samarali aloqalarning boshlanishiga xizmat qiluvchi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.