Nega aynan MUIC?

Innovatsiya markazi fuqarolarimiz uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratish, eng avvalo, axborot texnologiyalari sohasida hayotga joriy etish va amalga oshirish mumkin bo‘lgan aniq loyihalarga ega bo‘lgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Bizning Markaz mamlakatimiz hududi doirasida eksterritoriallik prinsipi asosida faoliyat yuritadi, ya’ni AKT sohasidagi korxonalar respublikada joylashgan hududidan qat’i nazar, Innovatsiya markazi rezidentlari bo‘lishi mumkin. Ushbu tamoyil mamlakatda AKT mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.

Undan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi PF-5099-son “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoniga asosan Innovatsiya markazi rezidentlari 2028 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatga:

  • Barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni, shuningdek yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lashdan;
  • belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, o‘z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta’minot vositalari uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona yig‘imlaridan tashqari);
  • Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportidan tushgan tushumlar doirasida horijiy mutaxassislarning chet el valyutasida naqd pulsiz shaklda ish haqi xorijda ochilgan xalqaro to'lov kartalariga to'lanadi.

Yuqoridagi imtiyozlardan tashqari, xodimlar tomonidan Innovatsiya markazi rezidentlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bo‘yicha 2028 yil 1 yanvargacha olingan mehnatga haq to‘lash shaklidagi daromadlar:

  • Jismoniy shaxslarning belgilangan daromadlariga soliq solinadi foiz stavkasi 7,5 foiz;
  • Soliq solish maqsadida belgilanadigan jismoniy shaxslarning umumiy yillik daromadlari hajmiga kiritilmagan.