Muvofiqlashtiruvchi organ

Muvofiqlashtiruvchi kengash Innovatsiya markazining oliy boshqaruv organi hisoblanadi hamda Markaz faoliyati rivojlanishini muvofiqlashtiradi. Muvofiqlashtiruvchi kengashning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash bir oyda bir marta o‘tkaziladigan majlislarda Markaz faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, Muvofiqlashtiruvchi kengash rahbari (rahbar bo‘lmaganda uning o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlanadi va Direksiya hamda rezidentlar tomonidan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi «Respublikada axborot texnologiyalari tarmog‘ini rivojlantirish uchun sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5099-son Farmoniga ko‘ra Muvofiqlashtiruvchi kengashga taqdim etilgan vakolatlar qismida joylardagi davlat hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash bayonnomalarini hisobga olish Direksiya tomonidan olib boriladi. Bunda Direksiya qarorlar qabul qilingandan so‘ng uch ish kuni mobaynida Innovatsiya markazining rasmiy veb-saytida Muvofiqlashtiruvchi kengash qarorlari e’lon qilinishini ta’minlaydi. 

Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazining muvofiqlashtiruvchi kengashi tarkibi 

A.N. Aripov

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Muvofiqlashtiruvchi kengash rahbari

A.I. Axmedxadjayev

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, Muvofiqlashtiruvchi kengash rahbarining o‘rinbosari

S.R. Xolmuradov

 O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi

D.D. Asamov

 O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari

D.N. Sattarov

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari

B.A. Musayev

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

J.A. Aripov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

T.A. Ishmetov

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari

U.Sh. Begimkulov

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari

A.I. Ikramov  

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi.