A'zo bo`lish yo'riqnomasi

Yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydan qat’i nazar, Innovatsiya markazi rezidenti maqomini olishga da’vogarlik qilishlari mumkin.

Yuridik shaxslar Innovatsiya markazi rezidenti maqomini olish uchun quyidagi mezonlarga mos kelishlari kerak:

1. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlarining, Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 24 avgustdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan Umumdavlat tasniflagichiga ko‘ra, quyidagi faoliyat turlaridan birini amalga oshirishlari kerak (keyingi o‘rinlarda – IFUK):

  • "Kompyuter dasturlash, maslahat berish va boshqa qo‘shimcha xizmatlar";
  • "Ma’lumotlarni joylashtirish va qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar, Web-portallar";
  • "Dasturiy ta'minotni chiqarish";
  • Muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan belgilanadigan faoliyatning boshqa turlari.

 

2. Ushbu IFUKda ko‘zda tutilgan faoliyat turlari bo‘yicha iqtisodiy asoslangan biznes rejalarga ega bo‘lish.

Innovatsiya markazi rezidentlari sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun yuridik shaxslar Direksiyaga (ruxsat olmasdan, pochta aloqasi vositasida yoki butunjahon Internet axborot tarmog‘i orqali) quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tasdiqlanadigan shaklga binoan ariza;
  • Ustav yoki boshqa ta’sis hujjatining nusxasi;
  • Yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi.
  • Yuridik shaxsning Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tasdiqlanadigan shaklga ko‘ra, yuqorida ko‘rsatilgan IFUKda ko‘rsatilgan faoliyat turlariga to‘g‘ri keladigan biznes-rejasi.

Izoh: Agar yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomasida yuqoridagi mezonlarga to‘g‘ri kelmaydigan IFUK faoliyat turi ko‘rsatilgan bo‘lsa, yuridik shaxs IFUKning yuqorida ko‘rsatilgan faoliyat turlari bo‘yicha amalga oshirishi va qonunchilik bilan o‘rnatilgan tartibda IFUK kodini ixtiyoriy o‘zgartirish to‘g‘risida majburiyatlari aks etgan kafolat xati taqdim etadi.