Tanlov

Xush kelibsiz!


Siz "ROBO CODERS 2019" tanlovining ishtirokchisisiz.

Tanlovning birinchi bosqichi 2019 yil 17 fevral kuni soat 19:35 da roboticslab.tuit.uz havolasi orqali bo'lib o'tadi, unda robototexnika bo'yicha mantiqiy masalalar taqdim etiladi, roboticslab tizimi algoritmning soddaligi, yechimning to'g'ri ekaniga qarab to'g'ri javoblarni aniqlaydi. Birinchi tur natijalariga ko'ra musobaqa finalchilari aniqlanadi.
Ikkinchi - yakuniy final bosqich 24 fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo'lib o'tadi.

Tanlov ishtirokchilariga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
Tanlovga oid batafsil ma'lumotni +998 71 238-99-44; +998 99 898-85-08 telefon raqamlariga bog'langan holda olishingiz mumin!

 

“ROBO CODERS 2019”

respublika tanlovini oʻtkazish toʻgʻrisida

NIZOM

“ROBO CODERS 2019” respublika tanlovini oʻtkazish toʻgʻrisidagi ushbu Nizom (keyingi oʻrinlarda - Nizom) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5624-sonli Farmoni 13-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida isteʼdodli yoshlarni aniqlash uchun aniq sohalar (ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, davlat boshqaruvi va boshqalar) boʻyicha tanlov (keyingi oʻrinlarda - tanlov) oʻtkazilish tartibini belgilaydi.

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Tanlov robototexnika uchun dasturlash sohasida isteʼdodli yoshlarni aniqlash uchun oʻtkaziladi.
  2. Tanlovning asosiy vazifalari quyidagilar:

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida isteʼdodli yoshlarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash;

yoshlarning ishbilarmonlik faolligini rivojlantirish;

  1. Tanlovda ushbu Nizom bilan belgilangan tartibda ariza topshirgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin (keyingi oʻrinlarda - ishtirokchilar).
  2. Tanlovda ishtirok etishda individuallikka qatʼiy rioya etiladi.

2-bob. Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarni topshirish tartibi

  1. 2019 yilning 4 fevralidan 15 fevraligacha ishtirokchilar roʻyxatga olinadi.
  2. “Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Mirzo UlugbekInnovation Center” innovatsiya markazi direktsiyasi” MChJ ning (keyingi oʻrinlarda – Innovatsion markaz) rasmiy sayti muic.uz da elektron roʻyxat orqali ishtirok etish uchun ariza topshiriladi.
  3. Tanlov arizasiga ishtirokchining anketasi kiradi (F.I.Sh., tugʻilgan vaqti, oʻqish/ish joyi, elektron pochta manzili, telefon raqami, mutaxassisligi (roʻyxatga olishni tasdiqlash uchun).
  4. Notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilgan holatda nomzodlar tanlovda ishtirok etish huquqidan mahrum etiladi.

9-bob.Tanlovni tashkil etish

  1. Tanlov oʻz kasbiy darajasini oshirib, bir-biri bilan bellashadigan yosh dasturchilar oʻrtasida oʻtkaziladi. Har bir ishtirokchi olgan vazifasiga muvofiq robototexnika uchun oʻz kodini yozadi. Tanlov vazifalari robototexnika ishlash prinsiplariga (harakat, vazifalarni berish va shu kabilar) asoslanadi.
  2. Innovatsion markaz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) bilan kelishgan holda tashkiliy qoʻmita va tanlov hakamlari hayʼatini shakllantiradi.
  3. Tanlov hakamlari hayʼati oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilari, biznes hamkorlar, davlat hokimiyati organlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi mustaqil ekspertlar vakillaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
  4. Tashkiliy qoʻmita quyidagi vazifalarni bajaradi:
  • tanlov eʼloni matnini tasdiqlaydi;
  • arizaga ilova qilinadigan zarur maʼlumotlar toʻyxatini tasdiqlaydi;
  • arizani qabul qilish muddatlarini belgilaydi;
  • tanlovni oʻtkazish joyini tasdiqlaydi;
  • tanlovni oʻtkazish uchun matematik-mantiqiy vazifalar roʻyxatini tasdiqlaydi;
  • tanlovning final bosqichini tashkillashtiradi;
  • gʻolib va sovrindorlarni tasdiqlaydi.
  1. Tanlov hakamlari hayʼati quyidagi vazifalarni bajaradi:
  • tanlov ishtirokchilari arizalarini koʻrib chiqadi;
  • tanlovni oʻtkazish shaffofligiga javob beradi;
  • tanlov finali yakunini oʻtkazadi;
  • gʻolib va sovrindorlarni aniqlaydi.

4-bob. Tanlovni oʻtkazish tartibi

  1. Tashkiliy qoʻmita tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni topshirish muddati yakunlanganidan keyin 2 ish kuni davomida tanlov ishtirokchilarini tanlab oladi.
  2. Tanlov boshlangunga qadar tanlov ishtirokchilarini tanlab oladi.
  3. Tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi:

I bosqich – 2019 yil 17 fevral – roboticslab.tuit.uz saytida tanlovning 1-turi oʻtkaziladi:

tanlov ishtirokchilariga mantiqli hisoblash va robototexnika boʻyicha algoritmga asoslangan ​vazifalar beriladi;

“roboticslab” tizimi toʻgʻri javoblarni, algoritmning noyobligini va vazifani yechishga ketgan vaqtni aniqlaydi;

1-tur natijalari boʻyicha tanlov finalchilari aniqlanadi;

II bosqich – 2019 yil 24 fevral – tanlov finali:

tanlov ishtirokchilariga mantiqli hisoblash va robototexnika boʻyicha murakkabroq algoritmga asoslangan ​vazifalar beriladi;

“roboticslab” tizimi toʻgʻri javoblarni, algoritmning noyobligini va vazifani yechishga ketgan eng qisqa vaqtni aniqlaydi;

final turi natijalari boʻyicha tanlov gʻoliblari aniqlanadi.

  1. Tanlov 3 tayosh toifasi boʻyicha oʻtkaziladi:

15 yoshdan 20 yoshgacha;

21 yoshdan 25 yoshgacha;

26 yoshdan 30 yoshgacha.

  1. Tanlov dasturi 3 tanominatsiya boʻyicha 9 tafaxrli oʻrinni oʻz ichiga oladi:

Birinchi oʻrin – 3 ta gʻolib;

Ikkinchi oʻrin – 3 ta gʻolib;

Uchinchi oʻrin – 3 ta gʻolib.

Ragʻbatlantiruvchi nominatsiyalar:

Eng tez coder;

Eng sodda algoritm;

Eng yosh dasturchi.

  1. Natijalarni baholash uchun mezonlar:

- vazifalar yechimining toʻgʻriligi;

- vazifalar yechimining tezligi;

- algoritmning soddaligi va noyobligi.

  1. Tanlov hakamlari hayʼati tur yakuniy natijalari asosida tanlov gʻolib va sovrindorlarini aniqlaydi.
  2. Tanlov hakamlari hayʼati qoʻshimcha ragʻbatlantiruvchi nominatsiyalarni belgilash huquqiga ega.
  3. Tanlov natijalari final tanlash kuni hakamlar hayʼati aʼzolarining yigʻilishi yakunlari boʻyicha eʼlon qilinadi.
  4. Tanlov natijalari qatʼiy hisoblanadi va qayta koʻrib chiqilmaydi.

5-bob. Tanlovning informatsion taʼminoti

  1. Tanlovning informatsion taʼminoti Agentlik, Innovatsiya markazi va boshqa manfaatdor tashkilotlarning rasmiy veb-saytlari orqali amalga oshiriladi.

6-bob. Tanlov gʻolib va sovrindorlarini
taqdirlash tartibi

  1. Tanlovning gʻolib va sovrindorlari quyidagicha taqdirlanadi:ъ

Birinchi oʻrin – Noutbuk HP 250 G6 i3-6006 4/500;

Ikkinchi oʻrin – Noutbuk AcerExtensaEX2519 N3160 4/500;

Uchinchi oʻrin – Smartfon XiaomiRedmiNote 5 64 GB.

Ragʻbatlantiruvchi nominatsiyalar – LogitechX300 simsiz akustika, SonySRS-XB10 simsiz akustika va Defender FreeMotion B611 quloqchinlar.

Qolgan barcha ishtirokchilar esdalik diplomlari bilan taqdirlanadi. Alohida holatlarda axborot texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha Mirzo Ulugbek Innovation Center bazasidagi masofaviy oʻqish loyihalarida bepul oʻqish taklif etilishi mumkin.

  1. Gʻolib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimi tadbirlarning final bosqichi kunida oʻtkaziladi.
  2. Sertifikatlar va pullik mukofotlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori oʻrinbosari va “Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Mirzo UlugbekInnovationCenter” innovatsiya markazi direktsiyasi” MChJ, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakillari tomonidan amalga oshiriladi.

7-bob. Yakuniy qoidalar

  1. Tanlovda ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlar (tanlov oʻtkazilish joyiga jamoaning kelishi va ketishi) ishtirokchilarning yoki yoʻnaltiruvchi tashkilotlarning hisobidan amalga oshiriladi.
  2. Innovatsion markaz tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq barcha hujjatlarning qonunchilikda oʻrnatilgan muddatlarda saqlanishini taʼminlaydi.
  3. Tanlov tashkiliy qoʻmitasi va hakamlar hayʼati ishtirokchilar, hakamlarning boshqa aʼzolari bilan maxfiy kelishuviga yoʻl qoʻyilmasligiga hamda boshqa noqonuniy xatti-harakatlariga javob beradi.

 

Tanlov final bosqichining kun tartibi

8:00 – 9:00

Tanlov final bosqichining ochilish marosimi

TATU

9:00 – 10:30

Mashq turi

Kompyuter laboratoriyasi

11:00 – 15:00

Final turi

Kompyuter laboratoriyasi

15:00 – 16:00

Tushlik tanaffusi

“Aloqachi” kafesi

17:00 – 18:00

Taqdirlash marosimi

Anjumanlar zali

18:00 – 19:00

Tanlovning yopilish marosimi

Anjumanlar zali